MENU

15:35:23
Telba derlar
Telba derlar yor ishqida kuyganni 
Bu hayotdan ham uni ortiq suyganni 
O’z jonidan yorni ustun qo’yganni 
Sevmaganlar telba derlar ularni 
Ko’zlariga ko’rinmas yordan bo’lak 
Faqat yorni deb urar undagi yurak 
Ko’zlariga boqsang, bir ezgu tilak 
Sevmaganlar telba derlar ularni
Yodida asraydi uning so’zini 
Qarshisida yerdan uzmas ko’zini 
Yonida butkul yo’qotsa o’zini 
Sevmaganlar telba derlar ularni

Uning sevgisi yuragida pinhon 
Izhorin aytolmas, to’sar hayajon 
U Hudoning suygan bandasi, ishon 
Sevmaganlar telba derlar ularni

O’rtalari bo’lsa-da ko’p yiroq 
Yuragini kemirsa-da o’tli firoq 
Ularning sevgisi so’nmaydi biroq 
Sevmaganlar telba derlar ularni

Hayotni uning ko’zida ko’radi 
Meni sevasanmi,takror so’raydi 
Unga boqib sira to’ymaydi 
Sevmaganlar telba derlar ularni

Категория: Sheriyat olami | Просмотров: 1002 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]