MENU

Iroda Dilroz
1. Iroda Dilroz 1991-yil “Tomosha” bolalar teatriga qabul qilingan. U ilk bora katta sahnaga Moskvaning “Rossiya” zalida bo`lib o`tgan “Yalla” guruhining 20 yillik to`yida chiqqan edi.
2. Asl ismi-sharifi Iroda Yo`ldosheva bo`lgan ijodkor 1996-yildan buyon Dilroz tahallusi ostida ijod qiladi. “Dilroz” so`zi fors tilidan tarjima qilinganida “Qalb siri” degan ma`noni bildiradi. Honandaning fikricha san`atkor har doim xalq hizmatida ekan, uning zimmasiga muxlislarining dillarini rozi qilish farzi yuklatilgan.
3. Iroda Dilrozning repertuaridan o`zbek xalq qo`shiqlari, Estrada qo`shiqlari hamda 15 dan ortiq tillarda kuylangan qo`shiqlar o`rin olgan. U Rossiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Germaniya, Fransiya, Hindiston, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya, Tayland, Koreya va yana ko`pgina davlatlarda ijodiy safarda bo`lgan.
2008-yil honandaning “Ko`ngillar bog`landi” deb nomlangan qo`shig`i va unga ishlangan klip “Worldmusiccontest” nomli g`arbning mashhur saytida biro y mobaynida birinchi o`rinni egallab turgan.
4. 2001-yil Prezidentimiz tomonidan ta`sis etilgan “Nihol” mukofoti sohibasiga aylangan.
Ilk yakkaxon konsertini esa 2005-yil poytaxtning “Turkiston” saroyida bergan. Honandaga jonli musiqada Toir Qo`ziyev, Aziz Xolmurodov, Ibrohim Aliyev, Vitaliy Popelev, Vladimir Badirov hamkorlik qilgan.
5. Iroda Dilroz O`zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov, O`zbekistonda hizmat ko`rsatgan artist Kumush Razzoqova va iste`dodli honanda Jahongir Otajonov bilan birgalikda duet kuylagan.
U nafaqat qo`shiqchi sifatida, balki telejurnalist sifatida ham faoliyat yuritgan.
6. 2003-2004-yillarda Hindistonlik mashhur honanda va bastakor, “Vayronadan chiqqan millioner” filmi uchun ikkita “Oskar” mukofotini qo`lga kiritgan Alla Raka Rahmon bilan birgalikda Osiyo mamlakatlari bo`ylab turne safarida bo`lgan.
7. Iroda Dilroz shu kunga qadar 4 ta albom chiqargan:
”Bog`landi” – 1999-yil;
”Esar yel” – 2001-yil;
”Tushunmaysan” – 2004-yil;
”Sevgi sadosi” – 2007-yil;
Ayni kunda uning 20 dan ortiq yangi qo`shiqlaridan iborat guldasta muxlislari e`tiboriga havola etish niyatida.
Категория: Yulduzlar biografiyasi | Добавил: Admin (24-Сентября-2009)
Просмотров: 2326 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]