MENU

Oybek haqida
Tug’ilgan joyingiz?
Toshkent shahrida tavallud topganman.
Oila a’zolaringiz?
Otam- Bahodir Alimov, onam Nodira Alimova. Oilada ikki farzandmiz. Bir akam bor.
Oilaviy holatingiz?
Uylanmaganman.
Ishlagan , oqigan joylaringiz?
Hamza nomidagi Respublika Musiqa kollejining 3-kurs talabasiman.
Nima uchun qo`shiqchi bo`lgansiz ?
Yoshligimdan qiziqqaman. Oilamdagilar ham mening qarorimni qo`llab - quvvatlashgan.
Sizningcha san`atkorlar nima uchun kerak?
San`at bilan hayotimiz jozibaliroq bo`ladi. Hayot rang-barangroq, qiziqarliroq bo`ladi.
Qo`shiq yaratish siz uchun nima?
Qo`shiq yaratish meni uchun zavq.
Qiziqishlaringiz?
Sportga qiziqaman. Internetda ko`p ishlayman va o`yinlar o`ynayman.
Sevimli rangingiz yoki xushlamaydigan rangingiz?
Yashil rangni yo`qtiraman. Yomon ko`rgan rangim yo`q.
Bo’yingiz va vazningiz?
Bo`yim 175 sm, vaznim 60 kg.
Ko`p aldaysizmi?
Kam aldayman. Aldaydiganlarni yomon ko`raman.
Kech qolib yurasizmi?
Yo`q. Doimo vaqtida aytilgan joyga boraman.
Qanday sovg`ani xush ko`rasiz?
Oddiygina, mo`jaz sovg`alarni yoqtiraman.
Orzuingiz
Orzuim- san`atkor bo`lish edi. Orzu ushalgandan so`ng, yana bittasi tug`iladi. Xudo xoxlasa, ularga ham erishishga harakat qilaman.
Armoningiz
Armonim yo`q.
Bahtlimisiz?
Baxtliman.
Do`stlaringiz ko`pmi, kimlar?
Do`stlarim ko`p. Adham, Azamat, Kostya, Furqat.
Kelgusidagi rejalaringiz?
Kelgusida har bitta san`atkor singari konsert berishni rejalashtiryapman. Xalqqa manzur bo`ladigan qo`shiqlar yaratish.
Qaysi mavzudagi qo`shiqlar tinglovchining ko`ngliga tez yetib boradi?
Ayriliq, aniqrog`i sevgi ayrilig`i haqida
Qaysi davlatlarda bo’lgansiz?
Chet elda bo`lmaganman. Qo`shni Respublikalarda bo`lganman.
Maktab davri eng ajoyib va g`aroyib voqealarga boy bo`lganligi bilan xotiramizda saqlanib qoladi. Birinchi sinf, birinchi do`st, birinchi sevgi... Maktab davrida siz bilan sodir bo`lgan voqealardan so`zlab bersangiz...
Maktabga borganimda birinchi sinfdan boshlab darslardan qochardik. Shuningdek, maktab damlarimni eslasam, ikkichi bo`lganligim yodimga tushaveradi.
Siz haqingizda mish-mishlar (Yomon ma`nodagi) tarqab ketsa, o`zingizni qanday tutasiz?
Ahamiyat bermayman.
Xit qo`shiq yaratish uchun eng avvalo nima qilish kerak?
Xit qo`shiq yaratishga harakat qilish mumkin. Lekin, kutilgan natijalarga erishmasligimiz mumkin. Bu haqiqiy omad deb o`ylayman.
Kinoda suratga tushishga taklif qilishsa, rozi bo`lasizlarmi (Qaysi kinofillarad sur’atga tushgansiz)?
Taklif qilishsa, rozi bo`lardim. Telbalarni rolini (xazillashib)
Yutuqli oyindan million dollar yutib olsangiz nimaga sarf qilardingiz?
xayr exsonga menimcha.
Категория: Yulduzlar biografiyasi | Добавил: Admin (08-Сентября-2009)
Просмотров: 1884 | Рейтинг: 4.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]