MENU

Shaxzod guruhi

Shaxzod guruhi estradamizda 1989-1990 yillari paydo bo’ldi. Undan oldin 1991 yilgacha esa uning nomi yo’nalishi shakillantirildi. Guruhning asoschisi Ravshan Halikov bo’lib u besh ta musiqachidan jamoani tashkil etdi.
1991 yili “Shahlo ko’zli malikam” nomli birinchi musiqiy albom tayor bo’ldi. Guruh salisti Rashid Halikov, albomdagi barcha musiqalarni va ularning so’zlarini muallifi edi.
Birinchi albom yuzaga chiqqandan keyin Shahzod guruhi juda tez taniladi , va halqning sevimli guruhlaridan biriga aylanib qoladi. “Shahlo ko’zli malikam” magnet lentasiga tushurilgan yagona albom bo’lib , guruhning keyingi chiqarilgan albomlari lazer disklariga yozilib borgan. Ketidan Shahzod guruhining ikkinchi albomi yaraldi, uning nomi “Guli” bo’lib, mazkur albomning ham musiqa va so’zlari muallifi, guruh solisti Rashid Halikov edi.
1992 yili “Yubileyniy” sport majmuasida guruhning birinchi yakkahon konserti dasturi bo’lib o’tdi. Konsiert 2 kun (16-17 aprel) bo’lib ikkala konsiert ham yuksak olqishlar bilan qarshi olindi. 1993 yilda Shahzod guruhi Qozog’istonda bo’lib o’tgan Aziya Dausi ( Osiyo tovushi ) noli Halqaro konkursiga taklif qilindi. 1994 yili guruh solisti Rashid Halikovning hayotida yodda qolarlik voqea yuz berdi – u Sayda ismli qizga uylandi, yangi qurilgan oyla boshlig’I etib tayinlandi. 1994 yildan boshlab Shahzod guruhi yangi talqin va yangi ijodiy yutiqlar harakatini boshlaydi.
Nihoyat 1996 yili ijodkorlar izlanishlari galaba bilan yakun topdi- ular endi kompozitor Ruslan Sharipov bilan hamkorlikda ishlay boshlaydilar. Hamkorlikning ilk mahsuli esa (“yor yor”, “Nargiza”, “Zuli”, “Shahzod”) nomli hitlarni uz ichiga olgan yangi “Nargiza” nomli albomidir. Mazkur albomning paydo bo’lishi muhlislar sonini yanada ko’paytirdi. Endi guruhning asosiy qismini tashkil etuvchi yoshlar qatoriga nisbatan kattalar ham qo’shila boshladilar. Guruh davlat miqyosidagi jami tadbirlarning doimiy qatnashchisiga aylanib bordi.
1997 yili “Kelinchak” nomli yangi albom chiqariladi , va huda shunday nomlangan ichidagi qo’shiqqa Dmitriy Koroboykin rejisserligida yangi klip suratga tushurildi , u guruhning ilk klipi bo’ldi. 1998 yili gurih Tolib Kuliev bilan birga ijod qilib , o’ynaysan nomli eng omadli albomini yozadi shuningdek unga 2 chi klipini chiqaradi. 1998 ijodkorlar o’zlarining onalarga bag’ishlangan “Onajon” nomli eng lirik qo’shiqlardan biriga klip aladilar, shuningdek ,1998 yili mustaqillikning 7 yilligiga bag’ishlab “Aziz yurtim” qo’shig’ini yozadi. 1999 ylida Rashid Halikov Uz Respublikasining hizmat ko’rsatgan artisti unvonini oladi.
Shu yilda qariyb hama qo’shiqlari hit bo’lgan “yo’q yo’q ” nomli yangi albom hozirlanadi. 2000 yilda guruhga yangi bostakor va klavishnik Shuhrat Zokirov keladi , va muhlislarga “Muhabbat” “yonimda”, “Qo’shig’im bor”, “Bir kam Dunyo”, “Leylam” nomli yangi hit qo’shiqlar taqdim etiladi. 2001 yilda yana bir yangi “Senga” deb nomlangan baland mikesdagi albom chiqariladi. Uning qushiqlar soniga “Senga” , “Nozli gulib ” , “Leylam” , “Qo’shig’im bor” , “Sen” komli kompozisiyalar kiritiladi. 2001 yili Shahzod guruhi uzining 10 yilligini nishonlaydi , va shunga bag’ishlab Halqlar Dustligi saroyida 5 kun konsiert dasturini taqdim etadi.

2004 yildan boshlab to hozirgacha guruh yiliga bir nechta qo’shiqla yozib kelmoqda , ulardan har biri hit darajasiga etib kelmoqchi , yangidan yangi kliplar olinmoqda. Guruhning barcha qushiqlari TERRA tarona rekordz syudiyalaridan yoziladi. Shahzod dunyo bo’ylab doimiy gastrolda haizmatda buladi va ularning har biri yuqori olqishlar bilan qarshi olinmoqda.

Guruh tarkibi:
Rashid Halikov salist 1973.28. aprelda tug’ilgan.
Ravshan Halikov bas gitaris, 1967.1 mayda tug’ilgan.
Fayzulla Usmanov administrator, 1973 yli 17 oktyabirda tug’ilgan.
Shuhrat Zakirov klavishnik , kompazitor, 1978 yil 12 sentabirda tug’ilgan.
Azamat Saidov solo gitara, 1970 yil 10 marta tug’ilgan.

Категория: Yulduzlar biografiyasi | Добавил: Admin (07-Сентября-2009)
Просмотров: 2664 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
1 DALER  
0
Salom iltimos menga mening ug'lim qo'shig'ini pochtamga yuboring iltimoss!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]