MENU

17:44:41
JCh-2010 ochilish o'yinini Ravshan Ermatov boshqaradi

JCh-2010 ochilish o'yinini boshqarish O'zbekistonlik hakam Ravshan Ermatovga ishonib topshirildi. Bu o'yinda mezbonlar JAR terma jamoasi Meksikani sinovdan o'tkazadi. 

Ravshan Zrmatov 2008 va 2009 yillarda Osiyoning eng yaxshi hakami deb topilgan. U o'z faoliyati davomida 3 marotaba o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati hamda yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatlarini boshqargan. 2008 yilda Ermatov klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalini boshqargan. O'shanda Angliyaning "Manchester Yunayted” klubi Ekvadorning "LDU” klubi ustidan g'alaba qozongandi.
Eslatib o'tamiz, JAR o'amda Meksika terma jamoalari o'rtasidagi o'yin 11 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Категория: FUTBOL | Просмотров: 1205 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
1 alex  
0
Ravshan Ermatovga gap bulishi mumkin emas

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]